So’nggi yangiliklar

17:31ОФК Чемпионлар Лигаси-2. Умар Эшмуродов жамоаси сафарда "Чонбук Моторс"га имкониятни бой берди   0 17:24Суперлига. "Динамо" - "Локомотив": Асосий таркиблар маълум  0 16:57"Ҳозирги ҳолатимни сўз билан таърифлаш қийин"   0 16:16Асаби бўшлар кўрмасин! "Барселона" жароҳат олган Пау Кубарси суратини чоп этди   4 16:16Суперлига. ОКМК - "Олимпик" 1:1 (матнли трансляция)  7 15:47Ханс-Дитер Флик: "Бугун амалга оширган ишимиздан мамнунман"  0 15:15ОФК Чемпионлар лигаси-2. 4-турдан сўнг ғарбий минтақадаги ҳолат  6 14:42ОФК Чемпионлар Лигаси-2. "Чонбук Моторс" - "Селангор": Умар Эшмуродов асосий таркибда  0 14:31"Бетис" "Барселона" ҳимоячисига қизиқмоқда  1 14:19"Локомотив" сўнгги бор Самарқандда "Динамо"ни қачон ютган?  2 13:56"Барселона" XX асрда қайд этган ажойиб бир натижасини яхшилади   2 13:27Артета: "Футболчиларим билан фахрланаман"  1 12:25"Олимпик" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин   3 12:18U-20 Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан ўйнайди  16 12:04U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистонга аввалги мусобақаларда гуруҳда қайси терма жамоалар рақиб бўлган?  3

"Napoli" - "Barselona": Keyingi bosqichga chiqishga kim haqli? Yangiliklar

"Napoli" - "Barselona": Keyingi bosqichga chiqishga kim haqli?

Bugun Evropa Ligasi 1/16 final bosqichi doirasida "Napoli" va "Barselona" o'rtasida javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Birinchi o'yin

Bir hafta avval Ispaniyada bo'lib o'tgan birinchi uchrashuv durang (1:1) natija bilan yakunlangan edi. Pyotr Zelinskiyning goli tufayli "Napoli" hisobni ochgan, "Barselona" esa Ferran Torresning penaltidan urgan goli evaziga mag'lubiyatdan qutilib qolgandi. Umumiy olib qaralsa, ustunlik "blaugranas" tomonida edi. Mezbonlar qator imkoniyatlarga ega bo'lgan, ammo ulardan unumli foydalana olmadi. O'sha qulay imkoniyatlarning aksariyati, yodga olib ulgurganimiz, Torres ijrosida bo'ldi.


Muhim jihatlari

"Napoli"

1. Spalletti tarkibning deyarli yarmiga ishonch bildira olmaydi

Birinchi o'yindan avval "Napoli"ning tarkib borasidagi holati unchalik ham yaxshi emasdi, biroq javob o'yinida vaziyat yanada jiddiyroq. O'tgan 7 kun ichida "adzurri"ning asosiy tarkib o'yinchilari jarohat tufayli safdan chiqqan. Andre-Frank Zambo-Angissa "Kamp-Nou"da mushaklari jarohatlandi, A Seriya doirasida "Kalyari"ga safardan avval Lorenco Insinening elkasi shikastlandi, Sardiniyada esa Jovanni di Lorenconing miyasi chayqaldi. Etiborli jihati, o'ng qanot vakilini alishtirgan Kevin Malkyui ham jarohat orttirib oldi.

Bu gal ham Irving Losano, Matteo Politano, Stanislav Lobotka va Aksel Tuanzebe uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Jarohatlanganlar soni tufayli "Napoli" sifatli rotaciya ishlarini amalga oshirishi deyarli imkonsiz. So'nggi daqiqalardagi Osimxenning goligina "Kalyari"ga qarshi bahsda mag'lubiyatdan saqlab qoldi. O'yinga yaqinroq holat biroz yaxshilanishi mumkin: Insine va di Lorenco maydonga tushishi ham mumkin.


2. Safardagi durang – "Napoli" foydasigami?

Ispaniyada o'tgan bahsning asosiy qismini "Napoli" himoyada o'tkazdi va faqatgina vaqti-vaqti bilan qarshi hujumlarga o'tishga urindi. Bu holat ham italiyaliklarning golidan keyin butkul o'zgardi va mehmonlar ortiq raqib posbonini bezovta qilishmadi. "Adzurri"ni ko'pchilik bunday uslubdagi uchrashuv uchun tanqid ostiga oldi, ammo aynan shu taktik yurish kurashdagi g'alaba kaliti bo'lishi mumkin. Har holda statistik ko'rsatkichlar hozircha "Napoli"ning kichik ustunligiga ishora qilayotgandek.

Italiyaliklar avvalgi 8 marta birinchi bahs safarda durang bilan yakunlansa, albatta keyingi bosqichga chiqa olgan. "Barselona" esa pley-off bosqichida birinchi uchrashuvni uyda o'tkazib, 11 marta durang o'ynagan va faqat 5 bor "blaugranas" javob bahsida yo'llanmani o'ziniki qila olgan. Bundan tashqari, "Napoli" o'z maydonida ispan jamoalarini 10 marta qabul qilgan va faqat bir marta imkoniyatni boy bergan (3 g'alaba, 6 durang).


"Barselona"

1. "Barselona" evrokubokda bittadan ko'proq gol ura oladimi?

"Safardagi gol" qoidasining bekor qilinishi "blaugranas"ning imkoniyatlarini biroz bo'lsa-da oshiradi. Ammo "Napoli"dan o'tish uchun gol urish zarur, imkoni bo'lsa gollar urish kerak. Biroq bu borada, ayniqsa evrokuboklarda, kataloniyaliklarda muammolar mavjud. Bir yildan ko'proq muddat davomida (2020 yil noyabridan buyon) "Barsa" safar uchrashuvlarida bittadan ko'p gol ura olmayapti. O'tgan davrda ECHL va ELda 10ta o'yin o'tkazib, "ko'k-anorranglilar" raqiblari darvozasini bor yo'g'i 5 marta ishg'ol qilishdi.

Ronald Kuman boshchiligida va ayniqsa, Lionel Messi ketgach, vaziyat chindan havas qilib bo'lmaydigan darajada edi. Biroq birinchi bahsda Xavining "Barsa"si "Napoli"ni o'z darvozasiga yaqin hududda qamalib qolishini taminladi va ko'plab zarbalar amalga oshirdi — 21, mo'ljalga ulardan 5tasi aniq bordi. "Napoli"ning tarkibini inobatga olgan holda javob o'yini ham o'xshash scenariyda o'tishi mumkin. Lekin nima bo'lganda ham "Barselona" o'z imkoniyatlaridan unumliroq foydalanishi lozim.


2. Xavi "Barselona" murabbiyi sifatida jiddiy imtihondan o'tmoqda

"Barsa"ning sobiq sardori jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlaganiga uch oydan ko'proq bo'ldi. Jamoaning muammolari shu qadar jiddiy ediki, hozircha Xavidan darhol muvaffaqiyatli natijalar talab qilish noo'rin. Biroq o'yin "kartinasi" ijobiy o'zgarishlar borligidan umid qilishga asos bermoqda. Klub La Ligada kuchli to'rtlikka qaytdi va o'zining odatiy o'yinini qaytarmoqda — aslida, 42 yoshli murabbiyni "Al-Saad"dan shuning uchun ham qaytarishgan. "Napoli" bilan safardagi o'yinda "Barsa"dan faqat g'alaba kutishmoqda. Xavining hozircha ishiga ijobiy baho berish mumkin, lekin bugun tunda jiddiy imtihon bo'lishi turgan gap.

"Barselona"ning aniq bir uslubi bor edi, ammo so'nggi vaqtlarda maydonda uni ko'rmayotgan edik. Bo'lajak bahs ispan klubi tiklanishning qaysi bosqichida ekanligini aniqlash uchun ajoyib imkoniyat. Kataloniyaliklar birinchi bahsda o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsata olishdi, ammo endi kurashning ikkinchi qismi bor. Agar Xavi shogirdlari o'z o'yinlarini ko'rsata olishsa, neapolliklarga oson bo'lmasligi aniq.


Tarkiblar va taktika

Tarkib bilan bog'liq muammolar tufayli Luchano Spalletti "Kalyari"ga qarshi bahsda uchta markaziy himoyachi sxemasiga murojaat qildi. Muhim savol — o'ng qanot futbolchisi tanlovi. Jovanni di Lorencoda jiddiy chayqalish bo'lmagan, biroq asosiy tarkibdan o'rin olmasligi ehtimoli yuqori. Bu vaziyatda uning poziciyasida Elif Elmas o'ynaydi. Zambo-Angissaning o'rniga Diego Demme, Zelinskiy o'ng qanot vingeri sifatida, Mertens esa chapda, Insinening o'rnida harakatlanadi. Mezbonlarning sxemasi taxminan 3-4-3 ko'rinishida bo'ladi.

"Barselona"ning himoya markazida esa Jerar Pike va Ronald Arauxo juftligi harakatlanadi. Ispaniyalik diskvalifikaciya tufayli La Liga doirasidagi "Valensiya"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgandi. Jarohati sababli Frenki de Yong va Erik Garsiya maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Memfis Depay esa bu gal ham o'ynamaydi. Ehtimol, optimal tarkib endi usiz tuzilar?! "Barsa"ning taxminiy sxemasi — 4-3-3.


"Napoli" - "Barselona"

Birinchi o'yindan keyin "Barselona" va ayniqsa, Ferran Torres foydalana olmagan golli vaziyatlaridan afsuslangani aniq. Ispaniyaliklar g'alabaga loyiq edi, biroq durang hisob bilan Italiyaga kelishdi.

O'yin oldidan o'tgan chempionat bahslaridan kelib chiqib, hozirda jamoalar turlicha holatdaligini takidlash mumkin. "Barsa" "Valensiya"ni ishonchli tarzda mag'lub qildi (4:1), lekin jarohatlardan aziyat chekayotgan "Napoli" "Kalyari"ga qarshi uchrashuvda mag'lubiyatdan arang qutilib qoldi va durang (1:1) qayd etdi. "Adzurri"ning qator o'yinchilari jamoasiga yordam berolmaydi, lekin bazilari qaydnomaga kiritilishi mumkin. Ular orasida etakchilar ham bor: Insine va Di Lorenco. Ular birinchi daqiqadanoq maydonga tushish ehtimoli bor va bu "Napoli"ning ishlarini biroz engillashtirishi mumkin.

"Barselona"ning Evropa musobaqalaridagi asosiy muammosi — gollar. Jamoa evrokubokning oxirgi 10 uchrashuvidagi samaradorlik bilan maqtana olmaydi. Birinchi bahsda ko'proq gol urishga yaratilgan vaziyatlardan foydalanish pand berdi. Italiyada g'alaba qozonish uchun imkoniyatlarni qadrlash lozim.

Nima bo'lganda ham, jamoalarga befarq bo'lmagan muxlislarni qiziqarli va murosasiz kurash kutib turibdi. Hech qaysi jamoa pley-off birinchi bosqichidan turnirni tark etishni istamaydi axir.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика