“Napoli” Angliya terma jamoasi himoyachisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin
21 may 2019 09:10
Yangiliklar


“Napoli” Angliya terma jamoasi himoyachisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin
“Napoli” London klubidan himoyachi sotib olmoqda.
Qayd etilishicha, “Napoli” rahbariyati klub himoyasini kuchaytirish maqsadida “Tottenxem” hamda Angliya terma jamoasi himoyachisi Kiran Tripper bilan muzokara olib borib, futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bandlarini kelishib olishga ulgurgan. Ammo neapolliklar Kiran transferi borasida “Tottenxem” bilan hali kelishuvga erishmagan. Futbolchining “shporlar” bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Kiran APLning yakuniga etgan mavsumida 27 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi 4 ta golli pasni amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar