Tripper shoshilinch ravishda Angliya termasi ixtiyorini tark etdi

Mirjalol Normatov
19 noya 2023
Angliya termasi futbolchisi Kiran Tripper milliy jamoa ixtiyorini tark etdi.

Futbolchi Maltaga qarshi o'yinda 90 daqiqa harakat qildi, biroq u dushanba kuni Shimoliy Makedoniyaga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Tripperning kyetishi shaxsiy sabablarga bog'liq. Bu borada "Nyukasl" ham aniq ma'lumot taqdim qilmadi.

Angliya termasi oktyabr oyidayoq Evro-2024ga chiqqanini rasmiylashtirib bo'lgan. Turnirning final bosqichi kelasi yili Germaniyada bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal