Namanganda yosh hakamlar ishtirokida seminar bo'lib o'tdi
06 apr 2018 11:38
Yangiliklar
Namanganda yosh hakamlar ishtirokida seminar bo'lib o'tdi
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlarida sifatli hakamlikni taminlash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, bugun Namangan shahrida yosh hakamlar uchun bir kunlik seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Andijon, Farg'ona va Namangan shahridagi yosh hakamlar ishtirok etishdi. Seminarni O'zbekiston futbol associaciyasidan tashrif buyurgan mutaxassislar Baxtiyor Namozov va Vladislav Ceytlin olib borishdi.
Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad vodiylik yosh hakamlar malakasini oshirish va ularni Superliga o'yinlarini boshqarishga tayyorlashdan iborat.
Bunday seminarlar yurtimizning barcha viloyatlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar