So’nggi yangiliklar

21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  1 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  1 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  0 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  10 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  3 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  6 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1

Namangan viloyati hokimi: “Navbahor” chempion! Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi: “Navbahor” chempion!

Kecha Namanganning "Navbahor" klubi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtirdi.

Namangan shahridagi “Markaziy” stadionda o'tkazilgan “Navbahor” jamoasining taqdimot marosimida viloyat hokimi so'zga chiqar ekan, jumladan shunday dedi: - Barcha namanganlik futbol ishqibozlarini yaqinlashib kelayotgan yangi futbol mavsumi bilan chin dildan tabriklayman. Bu yilgi Superliga bahslariga jamoamiz har qachongidan ko'ra, puxta tayyorgarlik ko'rdi deb bemalol ayta olamiz. Jamoani ko'ngildagidek mashg'ulot o'tkazishi uchun Turkiyada o'quv-yig'inini tashkil etdik. Tarkibni murabbiylarimiz istaganidek kuchaytirishga urindik. Selekciya jarayonida etiborga molik o'tishlarga qo'l urildi. Xususan Azizbek Turg'unboev “Paxtakor”ga transfer qilindi. Bu menimcha klub tarixida eng yaxshi transferlardan biri bo'ldi desam mubolag'a bo'lmasa kerak. Nasib qilsa kelgusi yillarda ham xuddi shunday transferlarni bir emas ko'proq amalga oshirsak, bundan jamoamiz yutadi. Bu yil klubda katta islohatlarga qo'l urdik. Xususan bungacha jamoa prezidenti sifatida Namangan shahar hokimi qayd etilib kelingan bo'lsa, endilikda ushbu lavozimga futbolning ichida yurgan inson Otabek Samatovni tayinladik. Jamoa ichida qandaydir muammo yuzaga kelsa shahar hokimi yoki boshqa mutasaddi bosh qotirmaydida, klubga biriktirilgan prezident ushbu muammoni bartaraf etish yo'lida ishlaydi. Menimcha bu eng to'g'ri qaror bo'ldi. Qachongacha futbolchi o'z muammosini hokimga sms yozish orqali hal qiladi?!



- SHuningdek bu yildan etiboran “Navbahor” mahalliy yoshlarga ham katta etibor qaratadi. O'tgan yili bir qator yoshlar jamoamiz yomon natija qayd etggani yo'q. Bu yil endi ularga bo'lgan talabni kuchaytiramiz. SHaroitlarini yaxshilaymiz. Bir vaqtlar jamoa istiqomat qilgan mehmonxonani o'rniga futbol maktabi qurishni dasturga kiritganmiz. O'rinbosarlar va farm-klub jamoalarini o'sha futbol maktabida ushlaymiz. SHundagina mahalliy iqtidorlar ko'zga ko'rina boshlaydi. Albatta buning uchun biroz vaqt kerak bo'ladi.

- “Navbahor” klubiga bo'lgan etiborni oshirish maqsadida turistik firmasini joriy etib, unga 51 o'rindiqli avtobus xarid qilindi.

- Har yili mavsum avvalida stadion fayesiga “Navbahor” uchun o'ziga xos shior tanlab olinib, katta xarflar bilan yozib qo'yilardi. Bu yilgi chempionat oldidan endi mening taklifim – “Navbahor” chempion! Stadion ichiga kirishingiz bilanoq endi shunaqa yozuvga ko'zingiz tushadi.




Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика