So’nggi yangiliklar

23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  0 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  55 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   12 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  5 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  5 18:15Артём Петросян: "Бу ғалаба "Олимпик-MobiUz" билан ўйин олдидан руҳий томондан ишонч бағишлайди"  1 17:45Тимур Кападзе Патрик Клюйверт ўрнини эгаллаши мумкин  42 17:24Про лига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Олимпик" устун келди  2 16:39"Интер" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун "Ливерпуль" билан курашмоқда  1 16:10Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияни мағлубиятга учратди  9

Namangan shahrida yangi suniy qoplamali maydonning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi Yangiliklar

Namangan shahrida yangi suniy qoplamali maydonning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi

Teglar :  Namangan
Bugun Namangan shahrida joylashgan Viloyat futbol mahorati maktabi tasarrufidagi “Yosh kuch” stadionida O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan hamkorlikda barpo etilgan yangi suniy qoplamali maydonning ochilish marosimi o'tkazildi.

Katta tantana tarzida tashkil etilgan ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi o'rinbosari, O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov, terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov hamda futbol jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida dastlab Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov so'zga chiqib, O'FA tomonidan yurtimizda futbol ommaviyligini oshirish, hududlarda mavjud infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarga katta baho berdi. O'z navbatida Ravshan Ermatov ham Namangan xalqi azaldan futbolni yaxshi ko'rishini alohida qayd etdi:

– Namanganda futbolga hamisha katta etibor qaratib kelinadi. Namangan ahli futbolga o'zgacha mehr qo'yganini nafaqat yurtimizda, balki undan tashqarida ham juda yaxshi bilishadi. Bejizga buerdan ko'plab mashxur futbolchilar etishib chiqmagan. Ayni paytda yurtimiz oktyabr oyida mezbonlik qiladigan 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatining guruh bahslarini Namanganda ham o'tkazishni rejalashtiryapmiz. SHu kabi jihatlarni inobatga olgan holda OFK bilan hamkorlikda namanganlik yosh futbolchilar uchun suniy qoplamali maydon barpo etildi. Ishonchim komil, yaqin kelajakda buerda shug'ullanadigan yosh istedod egalari katta futbolchilar bo'lib etishadi va milliy terma jamoamizning muvaffaqiyatlariga xissa qo'shishadi, – dedi Ravshan Ermatov.

SHundan so'ng yangi qurib bitkazilgan maydonda ilk uchrashuv o'tkazildi. Xayrullo Bozarov hamda Ravshan Ermatov boshlab bergan uchrashuvda yaqin o'tmishning mashxur futbolchilaridan iborat jamoa Namangan viloyati futbol mahorati maktabining 2002 yilda tavallud topgan futbolchilariga qarshi bahs yuritdi. Yosh o'yinchilar Odil Ahmedov, SHuhrat Mirxoldirshaev, Sanjar Asqaraliev, Ilhom Boydedaev, Nosir Otaqo'ziev kabi mahorat egalariga qarshi to'p surib, ulardan maydonda zarur ko'nikmalar olish imkoniga ega bo'lishdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика