Nainggolan zaxira o'rindig'ida tamaki chekkani uchun klubidan chetlatildi
18 okt 2022 08:50
Yangiliklar
Nainggolan zaxira o'rindig'ida tamaki chekkani uchun klubidan chetlatildi
“Antverpen” yarim himoyachi Raja Nainggolanni tartibni buzgani uchun nomalum muddatga chetlatdi.
Belgiyalik futbolchi “Standard”ga qarshi o'yin (0:3) oldidan zaxira o'rindig'ida tamaki chekkan. Klub rahbariyati bundan xabar topib, uni asosiy jamoadan chetlatishga qaror qildi. 34 yoshli xavbekning o'zi esa aybini tan olgan va bundan pushaymonligini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, Nainggolan “Pyachenca”, “Kalyari”, “Roma” hamda “Inter” kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar