Nainggolan zaxira o'rindig'ida tamaki chekkani uchun klubidan chetlatildi

Eldor Akmurzayev
18 okt 2022, 08:50
“Antverpen” yarim himoyachi Raja Nainggolanni tartibni buzgani uchun noma'lum muddatga chetlatdi.

Belgiyalik futbolchi “Standard”ga qarshi o'yin (0:3) oldidan zaxira o'rindig'ida tamaki chekkan. Klub rahbariyati bundan xabar topib, uni asosiy jamoadan chetlatishga qaror qildi. 34 yoshli xavbekning o'zi esa aybini tan olgan va bundan pushaymonligini bildirgan.

Eslatib o'tamiz, Nainggolan “Pyachenca”, “Kalyari”, “Roma” hamda “Inter” kabi klublar sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia