Nagelsmann mag'lubiyatdan so'ng: "Leypcig" CHempionat va kubokda ko'rsatgan o'yinini namoyish etolmadi"
11 mar 2021 09:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/624830_original.jpg)
![](/upload/storage/624830_220.jpg)
Nagelsmann mag'lubiyatdan so'ng: "Leypcig" CHempionat va kubokda ko'rsatgan o'yinini namoyish etolmadi"
"Leypcig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Liverpul"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz yaxshi o'ynay olmadik. Har ikki o'yin yakuniga ko'ra ham. Yakunlovchi zarba etishmadi. CHempionat va kubokdagi o'yinimizni namoyish etolmadik. Ikkinch bo'lim yaxshiroq o'tdi, bir necha vaziyatlar yaratdik.
Futbolchilarim ham barcha kabi inson. Ular bugun optimal darajani ko'rsata olishmadi. SHuning uchun biz yutqazdik. Ammo to'xtab qolmaymiz va oldinga borishda davom etamiz. Xafa bo'lishimiz mumkin, ammo 20 soatdan keyin bularni unutib, chempionat va kubok doirasidagi o'yinlarga tayyorlanishni boshlaymiz", - dedi Nagelsmann.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar