Nagelsmann: "Bu "Bavariya"ning so'nggi oylardagi eng yaxshi o'yini"
13 apr 2022 04:04
Yangiliklar
Nagelsmann: "Bu "Bavariya"ning so'nggi oylardagi eng yaxshi o'yini"
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann o'yin haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Myunxenliklar ikki o'yin natijasiga ko'ra (0:1, 1:1) keyingi bosqichga chiqa olishmadi.
"Hammasini birinchi o'yin hal qildi. Ana o'shanda biz bu bahsni boy bergandik.
Birinchi o'yinda biz u qadar yaxshi harakat qila olmagandik. Bugun esa yaxshi futbol namoyish qildik. Taktika va jismoniy holat bo'yicha olsak, oxirgi oylardagi eng yaxshi o'yinlarimizdan biri bo'ldi.
Birinchi bo'limda Musiala qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Ikkinchi taymda esa Myuller hisobni 2:0 qilishi kerak edi. Bunday qulay imkoniyatlar ko'p bo'lmaydi.
Raqib chuqur himoyalandi va o'ta tartibli o'ynadi. O'z vaziyatini kutib, ular oldinga tashlanganida biz himoyada tushunarsiz harakat qildik", – dedi Nagelsmann.
Fikrlar