Nagelsmann: "Bavariya"da xatolar qilganimni tan olaman"
17 okt 2023 21:34
Yangiliklar
Nagelsmann: "Bavariya"da xatolar qilganimni tan olaman"
"Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Myunxen klubidagi faoliyatini yodga oldi.
"Bavariya"dagi xatolarimni o'ylab olish uchun etarlicha vaqtim bo'ldi. U erda xatolar qilganimni tan olaman, ammo u erda ko'plab ijobiy holatlar ham bo'ldi. Murabbiylar ham futbolchilar kabi rivojlanishlari, o'sishlari kerak. Ayrim xatolar borki, ularni faqatgina bir marta qilish kerak, takrorlab bo'lmaydi. Hozirgi vazifam - "Bavariya"dagi faoliyatimning ijobiy holatlarni qaytarish, xatolarni emas", - dedi Nagelsmann.
Eslatib o'tamiz, Nagelsmann 2021 yilning yozidan 2023 yilning martiga qadar "Bavariya"ni boshqargan.
Fikrlar