So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Nafaqat Pogba va Dibala JCH-2022ni o'tkazib yuborishi mumkin, balki... lazaretda yana ko'plab yulduzlar bor Yangiliklar

Nafaqat Pogba va Dibala JCH-2022ni o'tkazib yuborishi mumkin, balki... lazaretda yana ko'plab yulduzlar bor

Omadi kelmaganlar haqida gaplashamiz.

Paulo Dibala (Argentina)


Dibala "Yuventus" bilan kelisha olmagani sabab "Roma"ni tanladi. Boshida Paulo uning xizmatlariga katta talab bo'ladi deb hisobladi, ammo "Inter" bilan kelishishning uddasidan chiqilmadi. Paulo endi "Lechche"ga qarshi o'yinda jarohat oldi, Mourinyu esa Paulo ushbu kalendar yilida ortiq o'ynay olmasligini xabar qildi. Alvares, Lautaro, Messi, Di Mariya va boshqa ajoyib hujumchilari bor terma jamoada Dibalaga asosiy rol berilmasligi ham deyarli aniq edi. Ammo, uning jarohati – Simeoneni o'g'lidek yigitlar uchun imkoniyat. Paulodek iqtidorli o'yinchi esa o'zining bor imkoniyatini ko'rsata olmadi, u 28 yoshda va Skudetto uchun kurashda favorit bo'lmagan jamoada.



Pol Pogba (Franciya)


Agar Dibalani orzularini jarohatlar barbod qilgan taniqli yigit sifatida bilsak, Pogba – Jahon chempioni, Franciya terma jamoasining asosiy o'yinchisi. Pol "Yuventus"ga MYUdagi bahs bilan o'tgan mavsumlar seriyasidan so'ng qaytdi, ammo u Desham uchun Kante kabi muhim o'yinchi. Albatta, "Real" o'yinchilari CHuameni va Kamavinganing o'sishi, shuningdek Liga 1dagi ko'plab ajoyib o'yinchilar francuzlarni markazda faqatgina Rabo bilan yolg'iz qoldirmaydi, ammo Kante va Pogbaning jarohati Deshamni xavotirga solmoqda. Jamoa Millatlar Ligasida yomon ishtirok etdi, endi esa Ngoloni maydonda kutmoqda, Pogba bilan esa hozircha ko'p narsa nomalum. Pol akasi bilan urushdi – uni tanish banditlar orqali shantaj qilishda aybladi, bunga javoban aka Pol Mbappeni lanatlash uchun shaman yollaganini aytdi. Pogba endilikda tezroq tiklanish va formasini tiklab olishni o'ylashi kerak. Nazariy jihatdan u hali ulguradi.



Marko Roys (Germaniya)


Roysning ushbu ro'yxatda ekanligi hayratlanarli voqea emas, ammo bu unchalik to'g'ri ham emas. Marko faoliyati davomida jarohati sabab katta musobaqalarning ko'pini o'tkazib yuborgan, jumlajan JCHni ham. "Qariya" "Borussiya"dagi jarohatiga qadar ham ideal tarzda o'ynamayotgandi, ammo Bundesligada 7ta o'yinda 2ta gol va 2ta assist yomon natija emas. SHuningdek, termaning hujum chizig'ida boshqa o'yinchilar ham paydo bo'ldi, ammo 33 yoshli o'yinchi qaydnomaga kirishga umid qiladi.



Ronald Arauxo (Urugvay)


Bunday iqtidorli, kelajagi bor va ajoyib himoyachining jarohat olishi achinarli holat. Bundan ham achinarlisi, u jarohatini tiklash uchun konservativ davolash yo'lini tanladi, bundan esa klubdagilari xursand bo'lishmadi. Ronald tavakkal qilmoqchi va Urugvay sharafini JCHda himoya qilishdek orzusini ro'yobga chiqarmoqchi bo'ldi. Ammo, "Barselona" himoyachining ishi uchun haq to'layotgan ekan, uni davolashning eng yaxshi yo'lini tanlishi kerak deb hisobladi – operaciya. Arauxoni Finlyandiyada muvaffaqiyatli davolashdi, ammo endi barmoqlarda muammolar bor. Faqatgina mo'jiza futbolchini o'ynashiga yordam beradi, ammo Ronald bunga ishonmoqda. SHifokorlar muvaffaqiyatli operaciya o'tkazishdi va u uch oydan ko'ra tezroq maydonga qaytishi mumkin.



Emil Smit-Rou (Angliya)


Smit-Rou yozda APLning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'lish uchun davogarlar qatoriga kirdi. Emil o'tgan mavsumda yaxshi o'ynadi va hozirda uning asosiy tarkibga kirishiga Edegor, Saka va Martinelli "halaqit bermoqda". Mayli terma jamoada ham raqobat bo'lsin, ammo bunday iqtidorli o'yinchi jarohat olsa, uni JCHdagi yo'qotishlar ro'yxatiga kiritish to'g'ri bo'lar. Angliyada ishlar unchalik ham zo'r emas. Maguayr hozirda MYU zaxirasida, Stounz, Uoker va Fillipsda sog'liq bilan muammolar bor, bundan tashqari Aleksander-Arnoldning formasi ham havas qilarli darajada emas. Saka va Maunt bor, ammo Smit-Rou Sancho ham ajoyib formada emasligi hisobga olsa, bir variant.



Uesli Fofana (Franciya)


Dunyoning eng qimmat himoyachisi bo'lmish "CHelsi" o'yinchisi Uesli Fofana (agar inflyaciyani hisobga olsak, Maguayrdan pastda bo'lishi mumkin) 4dan 6 haftagacha bo'lgan vaqtni o'tkazib yuboradiganga o'xshaydi. U "Lester"dan so'ng bosh murabbiyi o'zgargan jamoaga keldi. Raqobat ham bor, xatolar ham – masalan, Zagrebda shunday bo'ldi. Fofana "aristokratlar" safida zo'r boshlamadi, ammo Franciya terma jamoasiga baribir kerak bo'lishi mumkin edi. Ueslining JCH-2022ga qadar tiklanib, formasiga qaytib olishiga umid qilamiz.



Jorjino Veynaldum (Niderlandiya)


Bu erda esa barchasi aniq – tajribali xavbek van Galga JCHda yordam bera olmaydi. "Liverpul" Jiji bilan xayrlashishga qaror qilgan payt, uning qadriga etmadi. Klopp yutqazmoqda, markaziy chiziqqa o'yinchilar etishmayapti. Veynaldumning Parijda omadi kelmadi va Rimga Mourinyuning yoniga keldi, ammo "bo'rilar"da ham vaziyat yaxshi emas.



Serdar Azmun (Eron)


Eron terma jamoasidagi 65ta o'yinda 41ta gol urgan Azmun JCHni o'tkazib yuborishi mumkin. "Bayer" uchun kutilmagan yo'qotish va Karlush Keyrush uchun bosh og'rig'i. Tiklanish muddati – olti-sakkiz hafta, ammo formaga qaytish uchun ham vaqt kerak. Azmun mushaklarini shikastlab oldi, shunday ekan Angliya, Uels va AQSHga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin.



Florian Firc (Germaniya)


Agar Roysni yoshi va raqobat sabab qaydnomaga qo'shishni iloji bo'lmasa, Florian JCH-2022ga yo'l olish uchun haqiqiy nomzod. Uni Germaniyada Musialadan kam maqtashmaydi. U jarohatiga qadar Germaniyaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga ham nomzod edi. Flik JCHga bir necha nafar mundial g'oliblari bilan borsa ham, unga yangi qahramonlar kerak. Vircning "Bayer" asosiy tarkibiga qaytishiga va uni Qatar maydonlarida ko'rishga umid qilamiz.




Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика