So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Nabixon Abdug'aniev: "Normativlarning yo'lga qo'yilishi futbolchilarni "uyg'otdi" Yangiliklar

Nabixon Abdug'aniev: "Normativlarning yo'lga qo'yilishi futbolchilarni "uyg'otdi"

O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan olib borayotgan islohotlar natijasida joylarda futbolga munosabat o'zgarayotganligi, oddiylikdan murakkablikka, ommaviylikdan professionallikka qadar intilish bo'layotganligi bor gap.

Ayniqsa, O'zPFL tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi musobaqalar  Reglamentining joylarda hayotga tadbiq etilayotganligini sezish mumkin.  “Navbahor” klubining ijrochi direktori Nabixon Abdug'aniev bu boradagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Klublarga yangi Reglament taqdim etilganiga ham bir oydan oshdi. SHu davr ichida amalga oshirilgan ishlar nimalardan iborat bo'ldi?

- Bundan bir oy ilgari O'zbekiston futbol federaciyasining ishchi guruhi Namanganga tashrif buyurib, viloyat futboli bilan yaqindan tanishgan, O'FFda yuz berayotgan yangiliklardan voqif etgan, yangi Reglamentni taqdim etgandi. Tabiiyki, talablarni bajarish bo'yicha maslahatlarini, amaliy yordamlarini ham ayamagandi. Kuni kecha vaziyatni o'rganish bo'yicha O'FFdan kelgan mutaxassis – Asqar Tolibjonov bu erda qilingan ishlar bo'yicha tanishar ekan, faoliyatimizga ijobiy baho berdilar. Aslida “Navbahor” klubida ish boshlaganimga ko'p bo'lganicha yo'q, Namangan shahar sport bo'limi bosh mutaxassisi vazifasida ishlayotgan davrimda viloyatimiz hokimi, viloyat futbol federaciyasi rahbari O'FF talablari bo'yicha klub tomonidan bajariladigan vazifalar nazoratini mening zimmamga topshirgan edi. Qisqa muddat ichida keng qamrovli  ishlar amalga oshirildi.

- Bajarilgan ishlar bo'yicha aniqroq to'xtalsangiz.

- Birinchi galda “Navbahor” Markaziy o'yingohi chimini yaxshilashimiz talab etilardi. Sababi, mavsum boshlangunga qadar chimning to'liq o'sib chiqishi, yam-yashil holda futbolchilarga ham, muxlislarga ham manzur bo'lishi lozim edi. Parvarishlash xalqaro talablar darajasida olib borildi, maxsus urug' sepildi, o'g'itlar bilan oziqlantirildi. SHu kunlarda plyonka ostiga olinadi. Har mavsum boshlanishida stadionimiz maysasi yashil-sariq rangda, ola-bula holatda bo'lardi, nasib qilsa bu yil mavsumni yam-yashil maysa ustida boshlaymiz. Stadion atrofini tamirlash ishlari ham davom etyapti, faqat pardozlash ishlari qoldi. Stadion hududida futbolchilar uchun trenajer zali barpo etildi. Sport moslamalari viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan taminlandi. Hozircha 10 ta turdagi moslamalar keltirildi, shu kunlarda ularning soni yana ko'paytiriladi.  

- Yangi Reglamentda klub qoshida bolalar va o'smirlar o'rtasidagi bir necha yoshdagi guruhlar, shuningdek, ayollar va futzal jamoalari ham faoliyat yuritishi, rasmiy musobaqalardagi ishtiroklari taminlanishi nazarda tutilgan...

- Reglamentda qanday bandlar ko'rsatilgan bo'lsa barchasi ustida jiddiy ishlar qilinmoqda. Klub qoshida 14, 16 va 18 yoshdagi bolalar va o'smirlar guruhlari avvaldan faoliyat olib borgan. Bularning ishi yanada shakllantirildi. SHahardagi 17-BO'SM qoshida shug'ullanadigan guruhlarimizga o'z ishining usta murabbiylari biriktirilgan, ularga barcha sharoitlar yaratilgan. Namangan bundan 15-20 yil avval bolalar va o'smirlar futboli bo'yicha Respublikada oldingi qatorda tilga olinardi. Malum sabablarga ko'ra keyingi yillarda orqada qola boshladik.

SHularni inobatga olgan holda klubimiz qoshidagi guruhlarni shakllantirish orqali viloyat bolalar va o'smirlar futboli natijalarini ham yaxshilashni maqsad qilyapmiz. Ayollar futboliga kelsak, bolalar futboli kabi ayollar futbolida ham yutuqlarimiz bo'lgan. Afsuski, keyingi 10-15 yil ichida ayollar futboliga etibor kamaygandi. Reglament talabi bahonasida bu sohani klub qoshida yanada rivojlantirishga kirishdik. Jamoaga shahardagi “Barkamol avlod” sport majmuasidagi uch ming tomoshabinga mo'ljallangan o'yingoh biriktirildi, Olimpiya zaxiralari kolleji bilan futbolchi qizlarni o'quv-mashg'ulot yig'inlari paytida yotib-turishlari, ovqatlanishlari bo'yicha shartnomalar imzoladik. Jamoa Karima Yo'ldosheva ustozligida 5 yanvardan mavsumga tayyorgarlik yig'inini boshladi.

Tarkibni kuchliroq futbolchilar bilan to'ldirish bo'yicha selekciya ishlari ham olib borilyapti. Bolalar va ayollar futboli kabi futzalda ham yuqoridagi tarifni keltirish mumkin. O'z davrida O'zbekistonda mini-futbolning shakllanishiga hissa qo'shgan viloyat terma jamoamiz vaqt o'tib inqirozga yuz tutgan edi. Mana, yana aynan Reglament talablaridan kelib chiqib oldingi shuhratimizni tiklashimizga imkon yaratilyapti. Bu jamoamizga ham “Barkamol avlod” sport majmuasidagi sport maneji biriktirildi. Ming tomoshabinga mo'ljallangan yirik sport zalda yil o'n ikki oy musobaqa o'tkazish mumkin. Bosh murabbiy G'ofurjon Samiev tajribali futzalchi shogirdlari bilan allaqachon mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

- Muxlislar bilan ishlash borasida ham ham ikki og'iz fikr bildirsangiz.

- Norasmiy tarzda ishlab kelgan muxlislar klubini rasmiylashtirish hujjatlari tayyorlanmoqda, belgilangan tartibda Davlat ro'yxatidan o'tkazyapmiz. Stadion hududidan bu klub uchun bitta xona ajratildi. Nogironlar, bolalar va ayollar uchun stadionga bepul kirish taminlanadi. Bundan tashqari, mavsum davomida rag'batlantiruvchi akciyalar tashkil etishni ham rejalashtirganmiz.

- Umuman, O'FF va PFL tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabatingiz qanday?

- CHindan ham ijobiy. Birgina shu Reglamentni olaylik. Puxta ishlangan, boshlanishiga qiyindek tuyulgani bilan kelgusida ijobiy natija berilishiga shubha yo'q bandlar kiritilgan. Qolaversa, Reglament klublarga ancha avval taqdim qilinyapti, toki kamchiliklarni bartaraf etishga vaqt qolsin.

Avvalgi Reglament chempionat boshlanishiga 10-15 kun qolganda tarqatilardi, tabiiyki shoshma-shosharliklar, ko'zbo'yamachiliklarga yo'l qo'yilardi. Endichi, ko'p muammolar engillashdi, topshiriqlarni bajarishga ulguryapmiz. Klublarning soni kamaygani ham ayni muddao bo'ldi. Muxlislar kuchli va kuchsiz klublar o'rtasidagi zerikarli o'yinlarni ko'rish o'rniga, eng kuchlilar o'rtasidagi bahslarni to'rt marotaba tomosha qilish baxtiga erishishdi.

Bu esa, tabiiyki, terma jamoamizga munosib nomzodlarni tanlab olish imkonini ham beradi. Futbolchilardan qabul qilinadigan maxsus testlar, aytish mumkinki, nafaqat klublar, balki “uxlab yotgan” futbolchilarni ham “uyg'otdi”. Oddiy misol, klubimizda tajribali deb bilgan aksariyat futbolchilarimiz dastlabki talablarni bajara olishmadi. Ayni paytda ikkinchi marotaba topshiriladigan normativlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rishyapti.

Bilishadiki, yana dangasalik qilishsa futbolsiz qolishi aniq, bu esa uning yashash tarziga tasir ko'rsatishi ham muqarrar. SHunday ekan, ikkinchi sinovlardan muvaffaqiyatli o'tishga intilishadi, bu esa klubimiz, jamoamiz shani uchun ham foydadan holi emas.  Bir so'z bilan aytganda, “Navbahor” klubi Reglament talablariga javob berishga intilyapti.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика