Myunxendan reportaj: "Bavariya" birinchi chempionligiga 50 yil to'ldi
04 may 2019 19:05
Yangiliklar
Myunxendan reportaj: "Bavariya" birinchi chempionligiga 50 yil to'ldi
Nemis grandi bundan 50 yil oldin - 1968/69 mavsumda o'z tarixida birinchi marta Germaniya chempionati g'olibiga aylangan. O'sha mavsum "Bavari" butun mavsumni deyarli bitta tarkib bilan o'tkazgan: Mayer, Kupfershmidt, Bekkenbauer, SHvarcnbek, Pumm, Olk, Starek, Rot, Olxauzer, Myuller, Brenninger. 1968/69 mavsumda nemis grandi CHempionlar kubogida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va jamoada murabbiy o'zgardi. Myunxen klubining yangi ustozi Udo Lattek tez orada butun Evropani zabt etishga muvafaq bo'ldi. U "Bavariya"ga Paul Braytner va Uli Xyonessni taklif qilgan edi.
Bundan tashqari o'sha yili mamlakat Kubogi ham myunxenliklarga nasib etgan edi. "Bavariya" ushbu sanani nishonlash uchun shu tarkibda chempion bo'lgan futbolchilarni "Alyanc Arena"ga taklif qildi. Tadbirda saytimiz xodimi Miron Goexman ham ishtirok etdi.
Miron Goexman Championat.asia sayti uchun maxsus
Myunxen, Germaniya
Fikrlar