MYUning sobiq futbolchisi: "Men klubda futbol birinchi o'rinda emasligini his qildim va ketdim"
09 noy 2019 14:32
Yangiliklar
MYUning sobiq futbolchisi: "Men klubda futbol birinchi o'rinda emasligini his qildim va ketdim"
PSJ yarim himoyachisi Ander Errera "Manchester Yunayted"da biznes futboldan ustunligiga ishora qildi.
Ispaniyalik futbolchi yozda erkin agent sifatida PSJ bilan shartnoma imzoladi.
"Men bu ajoyib klubda juda baxtli edim va buning uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.
Ammo, men bu klubda futbolni birinchi o'rinda turmasligini his qildim. Men bunga ortiqcha to'xtalmoqchi emasman, shunchaki shunday his o'tdi.
Men u erni PSJ bilan solishtirishni xohlamas edim, axir bu erda futbol havosi hukm suradi va bu menga juda ham yoqadi.
Leonardo (PSJ sport direktori) har kuni shu erda", - deydi Errera.
Futbolchi bu gapi bilan MYU vice-prezidenti Ed Vudvordning jamoaga kamdan-kam kelishiga shama qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar