MYUning sobiq futbolchisi: "Men klubda futbol birinchi o'rinda emasligini his qildim va ketdim"

Alisher
9 noya 2019, 14:32
PSJ yarim himoyachisi Ander Errera "Manchester Yunayted"da biznes futboldan ustunligiga ishora qildi.

Ispaniyalik futbolchi yozda erkin agent sifatida PSJ bilan shartnoma imzoladi.

"Men bu ajoyib klubda juda baxtli edim va buning uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

Ammo, men bu klubda futbolni birinchi o'rinda turmasligini his qildim. Men bunga ortiqcha to'xtalmoqchi emasman, shunchaki shunday his o'tdi.

Men u erni PSJ bilan solishtirishni xohlamas edim, axir bu yerda futbol havosi hukm suradi va bu menga juda ham yoqadi.

Leonardo (PSJ sport direktori) har kuni shu yerda", - deydi Errera. 

Futbolchi bu gapi bilan MYU vice-prezidenti Ed Vudvordning jamoaga kamdan-kam kelishiga shama qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN