So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  7 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  6 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  20 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

MYUning o'yinini Brunu Fernandesh kuchaytirdimi? Yangiliklar

MYUning o'yinini Brunu Fernandesh kuchaytirdimi?

Ko'pchilik muxlislar Brunu Fernandeshning MYUga o'tganidan keyin jamoaning o'yinida o'sish borligi haqida gapirdi.

"The Athletic" nashri esa murabbiylar shtabining so'nggi oydagi faoliyatini o'rganib chiqdi. Unga ko'ra, ayrim futbolchilarga o'z holatini yaxshilash uchun bir necha individual mashg'ulotlar tayinlangan.

Nashr jurnalisti Lora Uituellning yozishiga ko'ra, murabbiylar shtabining har bir azosiga futbolchilar yaxshi holatga kirishi uchun individual mashg'ulotlar ishlab chiqish tayinlangan. Bu konkret bir futbolchining o'yin elementlarini rivoji uchun xizmat qilishi kerak edi.

Xususan, Nemanya Matichga mashg'ulotlar tugaganidan keyin 20-30 daqiqa mobaynida qo'shimcha mashg'ulot o'tkazilgan. Murabbiylar futbolchining oldinga harakati, jamoaning hujumiga yordam berish va to'pni hujumchiga qadar etkazib berishi borasida ishlashgan.

Matich bilan birgalikda Aaron Uan-Bissaka ham individual mashg'ulotlarda qatnashgan. Kiran MakKena va Maykl Karrik futbolchining hujumga doir harakatlari borasida ishlashgan. Ushbu mashg'ulotlarda Aaron o'z jamoadoshlari Teden Menji va Timoti Fosu-Mensuni aldab o'tib, to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga tashlab bera olgan. "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda Uan-Bissaka ushbu mashg'ulotlarning foydasini ko'rish mumkin bo'ldi. U mavsumdagi eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi.

Ushbu mashg'ulotlar standart dasturga kiritilmagan va umumiy guruhdagi mashg'ulotlardan keyin o'tkazilgan. SHuningdek, futbolchilarning o'zi ham bu mashg'ulotlarni to'g'ri qabul qilib, hech qanday norozilik bildirmagan.

Nashrning yozishicha, Fergyuson davridan buyon murabbiylar shtabi hamda futbolchilar o'rtasida bunday bog'liqlik bo'lmagan ekan.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика