MYUning bir yo'la ikki futbolchisi PSJga o'tishi mumkin
12 may 2019 10:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/495125_original.jpg)
![](/upload/storage/495125_220.jpg)
MYUning bir yo'la ikki futbolchisi PSJga o'tishi mumkin
PSJ yozda "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xeani sotib olishga harakat qiladi.
Bu haqda "L`Equipe" nashri xabar bermoqda. PSJ ayni damda bu mavsumda shartnomasi tugaydigan Janluijji Buffonning o'rniga munosib nomzod izlamoqda.
Oldinroq "Manchester Yunayted" ECHLga chiqa olmaydigan bo'lsa, David De Xea jamoani tark etishi borasida malumotlar berilgandi.
Bu mavsumda 46 o'yinda MYU darvozasini qo'riqlagan ispaniyalik kiper 10 bora o'z darvozasini quruq saqlab qola oldi.
Uning shartnomasi 2020 yilning yozida yakunlanadi. Davidning transfer narxi 70 million evroga teng.
Oldinroq MYU yarim himoyachisi Ander Errera PSJga o'tishi borasida malumotlar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar