MYUning 7 futbolchisi restoranga borgani uchun karantinga olindi
01 avg 2021 14:17
Yangiliklar


MYUning 7 futbolchisi restoranga borgani uchun karantinga olindi
"Manchester Yunayted" kecha "Preston"ga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishi kerak edi.
Ammo koronavirus pandemiyasi sababli o'yin o'tkazilmadi. SHu kuni "Manchester Yunayted"ning 7 nafar futbolchisi restoranda bazmda qatnashgan. Mahalliy jurnalistlarning yozishicha, David de Xea, Brunu Fernandesh, Xuan Mata, Nemanya Matich, Pol Pogba, Viktor Lindelyof va Andreas Pereyra restoranda ko'rinish bergan. SHu boisdan jamoa izolyaciyaga olingan va tezda koronavirus testini topshirgan. Hech kimda virus aniqlanmagan. SHunday bo'lsa-da, ushbu futbolchilar yana bir necha kun davomida mashg'ulotlarda ishtirok etmaydi.
Endi futbolchilar karantin qoidalarini buzgani uchun klubga jarima to'lashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar