MYUning 3 nafar o'yinchisi bugun "Valensiya"ga qarshi o'ynamaydi
02 okt 2018 12:13
Yangiliklar


MYUning 3 nafar o'yinchisi bugun "Valensiya"ga qarshi o'ynamaydi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino ECHL 2-turi doirasidagi "Valensiya"ga qarshi bahsda kimlar ishtirok eta olmasligi haqida gapirib o'tdi.
Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Jessi Lingard, Eshli Yang va Ander Errera jarohat olgan va bugungi bahsda qatnasha olishmaydi.
"Markos Roxo hamon tiklanishda davom etmoqda. SHuningdek, bizda Lingard, Errera va Yang safdan chiqdi. Albatta, jarohatlar haqida shifokorlar gapirgani maqul. Lekin, hozir har uchchala o'yinchi ham maydonga tushadigan holatda emas", - deya Mourinoning so'zlarini keltirdi MYU rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar