MYUning 3 nafar o'yinchisi bugun "Valensiya"ga qarshi o'ynamaydi

Tolibjon Qosimov
2 okt 2018, 12:13
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo YCHL 2-turi doirasidagi "Valensiya"ga qarshi bahsda kimlar ishtirok eta olmasligi haqida gapirib o'tdi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Jessi Lingard, Eshli Yang va Ander Errera jarohat olgan va bugungi bahsda qatnasha olishmaydi.

"Markos Roxo hamon tiklanishda davom etmoqda. Shuningdek, bizda Lingard, Errera va Yang safdan chiqdi. Albatta, jarohatlar haqida shifokorlar gapirgani maqul. Lekin, hozir har uchchala o'yinchi ham maydonga tushadigan holatda emas", - deya Mourinyoning so'zlarini keltirdi MYU rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com