MYUni boshqarishga yana bir nomzod topildi
13 jan 2019 11:30
Yangiliklar
MYUni boshqarishga yana bir nomzod topildi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt mavsum yakunlanganidan so'ng "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Mankunianliklar "Tottenxem" ustozi Pochettinoning transferi amalga oshmay qolsa, aynan 48 yoshli ingliz mutaxassisini jamoaga olib kelish variantini ko'rib chiqmoqda.
O'tgan yili oktyabr oyida Sautgeyt Angliya Futbol associaciyasi bilan 2022 yilgacha shartnoma imzolagandi.
MYUning hozirgi murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq, Zinedin Zidan va Loran Blan nomzodlari ham ko'rib chiqilgandi.
Fikrlar