So’nggi yangiliklar

10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  2 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   2 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  10 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2

"MYU"ni boshqarayotgan "Everton" bosh murabbiyi Yangiliklar

"MYU"ni boshqarayotgan "Everton" bosh murabbiyi

Bleacher Report nashri jurnalistlarilaridan biri Bob Douson Moyesning "Manchester Yunayted"dagi dastlabki olti oyidagi foaliyatini tahlil qilib chiqdi.
Hozirgi vaqtda "Manchester Yunayted"ning istalgan muxlisidan "Biz "Everton"ga aylanib qoldik", degan gapni eshitsa bo'ladi.

"Yunayted" fanatlari hozirgi vaqtdagi natijalardan norozi. Jamoa premer-ligada ettinchi o'rinni egallab turgan va CHempionlar Ligasiga yo'llanma beruvchi o'rin bilan oradagi farqni hisoblab yurishga to'g'ri kelayotgan bir paytda muxlislardan boshqacha kayfiyatni kutib ham bo'lmaydi.

Biroq chempionatdagi 6ta mag'lubiyat, ulardan to'rttasi "Old Trafford"da sodir bo'lganiga qaramay, hozircha ortiqcha ayuxannos solinmayapti. O'yinlarga tashrif buyurayotganlar ser Aleks Fergyusonning maslahatiga quloq solib, hamon Moyesni qo'llab quvvatlayapti.

SHunga qaramay, Moyesni hech ikkilanmay, Angliyaning amaldagi chempionini "Everton"ga aylantirib qo'ygani uchun tanqid ostiga olsa bo'ladi. Avvalo, u Fergyuson shatbida ishlagan barcha murabbiylarni ishdan bo'shatib yuborib, o'zi bilan liverpul klubida birga ishlagan murabbiylarni, keyin Maruan Fellaynini olib keldi.

Moyes davrida "Everton" barqaror ravishda turnir jadvalining o'rtasida yuradigan jamoa edi. Murabbiy "Yunayted"ga kelganidag beri Manchester klubi aynan shunday jamoaga aylanib bo'ldi.

"Everton"da uncha katta bo'lmagan byudjet bilan Devid yaxshi natijalar namoyish qilyapti, deb hisoblashardi. Biroq uning u erdagi faoliyatiga mana hozir, klubdan ketganida baho berish mumkin. Bu baho esa Moyesning foydasiga bo'lmasligi aniq. Roberto Martines bu klub bilan hozir CHempionlar Ligasiga yo'llanma beruvchi o'ringa asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi.

Moyes boshqarayotgan "Yunayted" esa yaxshi ahvolda emasligi malum.

O'tgan mavsumning dastlabki 20 uchrashuvidan keyin "Everton" 33 ochko to'plab, 33 gol urgan va 25ta o'tkazib yuborgandi. Endi murabbiy "MYU"ga kelgach, mavsumning ilk 20 uchrashuvida jamoa 34 ochko to'plab, 33 gol urgan va 24ta o'tkazib yuborgan. 

O'tgan mavsumda Moyesning "Everton"i 20ta o'yindan keyin oltinchi o'rinni egallab turgandi va mavsumni mana shu o'rinda yakunlagan. Hozir "MYU" ettinchi o'rinda va shu o'rinda mavsumni yakunlaydigan bo'lsa, buni katta muvoffaqiyatsizlik deb baholash lozim.


"Everton" bosh murabbiyi sifatida Moyes hech qachon "CHelsi", "Arsenal", "Liverpul" va "Yunayted"ni yutmagan (46 urinishda ham). Ushbu mavsumda "Yunayted" murabbiyi sifatida "Liverpul" va "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lib ulgurdi.

Roberto Martines o'zining "Everton" ustozi sifatidagi birinchi urinishidayoq "Manchester Yunayted"ni "Old Trafford"da mag'lub etganidan so'ng, yuqoridagi statistikaga etibor qaratildi.

Mavsumning yarmi o'tib bo'ldi. Biroq Moyes hali ham "Yunayted"ni boshqarayotgan "Everton" bosh murabbiyi", degan maqomdan halos bo'la olmayapti. Balki,  may oyiga borib halos bo'lib qolar.


Abror Qodirov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика