Myullerga Xitoydan davogar chiqdi
11 okt 2019 08:49
Yangiliklar
30 yoshli Tomas Myuller avvalroq Myunxen klubi baxtli emasligini, maydonga kam tushayotgani sabab jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirgandi. Qayd etilishcha, Myullarga Xitoy klublaridan biri davogarlik qilmoqda. Faqat hozircha ushbu klubning nomi oshkor etilmayapti.
Oldinroq esa “Liverpul”, “Arsenal” hamda “Inter” futbolchi uchun kurash olib borishi mumkinligi aytilgandi.
Myuller joriy mavsum Bundesligada 7 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar