Myuller tizzasidan jarohat oldi va Germaniyaning Vengriyaga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi
21 iyu 2021 18:01
Yangiliklar
Myuller tizzasidan jarohat oldi va Germaniyaning Vengriyaga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi
Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller jamoaning Evro-2020 doirasidagi Vengriyaga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.
Nemis milliy jamoasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi o'ng oyoq tizzasidagi jarohat sabab mashg'ulotni o'tkazib yubordi.
Bild'ning xabariga ko'ra, o'yinchi Vengriyaga qarshi maydonga tushmaydi, uning shuningdek nemislar pley-offga chiqsa, Evropa chempionati 1/8 finalida o'ynashi ham so'roq ostida.
Eslatib o'tamiz, Germaniya - Vengriya o'yini 23 iyunda bo'lib o'tadi.
Fikrlar