Myuller koronavirus sabab klublar o'rtasidagi JCH finalini o'tkazib yuboradi
11 fev 2021 18:23
Yangiliklar


Myuller koronavirus sabab klublar o'rtasidagi JCH finalini o'tkazib yuboradi
"Bavariya" murabbiylar shtabi klublar o'rtasidagi JCH finali doirasidagi Meksikaning "Tigres" jamoasiga qarshi o'yinda Tomas Myullerning xizmatlaridan foydalana olmaydi.
Forvard koronavirusga musbat test topshirdi va shu sabab bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Oldinroq, kasallik sabab yarim himoyachilar Xavi Martines va Leon Goreckalar ham musobaqani o'tkazib yuborishi malum bo'lgan edi.
Klublar o'rtasidagi JCH finali bugun Qatarda Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar