So’nggi yangiliklar

20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  0 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  0 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  5 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  37 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  6 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  0 16:39Пике "Олтин тўп" учун асосий фаворитларни айтиб ўтди  35 16:10NBA юлдузи АПЛ клуби раҳбариятига кириши мумкин  0 15:42Польша терма жамоаси бош мураббийи Левандовски билан можародан сўнг истеъфога чиқди  10 15:14"Ал Насср" Жон Дуранни майдон ташқарисидаги муаммолар туфайли ижарага бериши мумкин  0 14:45"Челси" тасвирий санъат асари услубидаги сафар либосини намойиш этди  8 14:17Ҳоланд изидан: "Манчестер Сити" норвегиялик вундеркинд билан шартнома имзолашга яқин  0 13:48СҚБ халқаро мусобақада ғолиб чиқди  0

Myuller: "Bavariya"ning uslubidagi keskin o'zgarishlar Flikning jamoaga kelishi bilan bog'liq" Yangiliklar

Myuller: "Bavariya"ning uslubidagi keskin o'zgarishlar Flikning jamoaga kelishi bilan bog'liq"

"Bavariya" o'yinchisi Tomas Myuller CHL finali doirasidagi PSJga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Tomas Myuller: — «Bavariya»ning uslubidagi keskin o'zgarishlar Flikning jamoaga kelishi bilan bog'liq. Birinchi kundanoq murabbiy bizga ko'proq tavakkal qilishni, hujumkor ruhda o'ynab, oldinga o'tishdan cho'chimasligimizni so'ragan. Raqibga doimiy bosim yuklashimizni talab qilgan. Yuqori joylashadigan himoyaning barqarorligidan esa havotirga tushmaslik lozimligini uqtirgandi. Flik yana futbolchilar bilan o'zaro aloqani o'rnatishga alohida etibor berdi.

Bu jihatlarni esa jamoa juda yaxshi qabul qildi. Menga aniq qurilgan o'yin yoqadi. Flik qo'l ostida aynan o'zim toblangan uslub va vazifada harakat qilaman. Yuqori pressingga ixtisoslashgan futbol. Doimiy bosim va to'pni olib qo'yishda ham etakchi bo'lish. «Bavariya»ning hujumi raqib to'pni o'yinga kiritishi bilanoq jarima maydonchasi atrofida boshlanadi. 

Lui Van Gaal davridan shu uslubda toblanganman. Flik qo'l ostida ham o'zim sevgan joy - markazda rohatlanib o'ynayapman. 

O'tgan finallardan qanday xulosa? «Bavariya»ning oxirgi uchala finalida o'ynagan futbolchi sifatida shuni aytamanki, finalning qanchalik muhimligini unutib, undan zavq olishga harakat qilish lozim. Futbol shunday o'yinki, ayniqsa muhim bahslarda istalgan scenariy ruy berishi mumkin. Jamoa har qanday holatga tayyor bo'lmog'i zarur. Jamoadoshlarimni bo'lajak finalda futbolni rohatlanib o'ynashga chorlayman. 

Avvalgi finallar va o'sha paytdagi jamoa o'rtasidagi farq katta. Butkul boshqa jamoa, o'zga davrlar va futbol ham yildan-yilga o'zgarmoqda. SHaroit va imkoniyat ham turlicha. Eski va hozirgi jamoani solishtirmagan bo'lardim.

Tayyorgarlik? Rosti, finalga tayyorgarlik ham o'zgacha va doimiy tarzda ketmoqda. Flik boshqaruvidagi shtab bizni har taraflama jiddiy tayyorlamoqda.

Menga esa finalga tayyorgarlik ko'rish paytida «Bavariya» mediasi yoki UEFA saytiga intervyu berish yoqadi. CHunki sal bo'lsada chalg'ib turaman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика