MYUga kerak bo'lmayotgan futbolchini "Atletiko" nishonga oldi
03 fev 2020 19:40
Yangiliklar


MYUga kerak bo'lmayotgan futbolchini "Atletiko" nishonga oldi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Jessi Lingardning xizmatlariga "Atletiko" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
"ESPN" xabariga ko'ra, Ispaniya klubi angliyalik futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Ayni damda Jessi "Roma" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
27 yoshli Lingard "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ushbu mavsumda u jamoa tarkibida barcha turnirlarda 32 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar