MYU "Yuventus"ga himoyachilarni almashtirishni taklif qildi
07 may 2019 10:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/494266_original.jpg)
![](/upload/storage/494266_220.jpg)
MYU "Yuventus"ga himoyachilarni almashtirishni taklif qildi
"Manchester Yunayted"dagilar jamoa tarkibida "Yuventus" himoyachisi Joau Kanseluni ko'rishmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" portugaliyalik uchun Matteo Darmian va malum bir miqdorda pul taklif qildi. Bu variant Turin klubi 50 mln. evrolik taklifni qabul qilmaganidan so'ng paydo bo'ldi. Darmian mankunianlarning asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi.
Kanselu "Manchester Yunayted"da veteranlar Antonio Valensiya va Eshli Yanglarning o'rnini egallaydi. Valensiya joriy mavsum oxirida klubni tark etadi, Yang esa asosiy tarkib uchun kurashadi.
Kanselu A Seriyaning 23ta uchrashuvida bitta gol urib, 5ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar