MYU, "Yuventus" va Pogbaning agenti Pol transferi borasida muzokara o'tkazishdi

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2016, 10:35
"Manchester Yunayted" "Yuventus" bilan turinliklar yarim himoyachisi Pol Pogba borasida muzokaralar o'tkazishmoqda.

UCHrashuvda fransiyalik xavbekning agenti Mino Rayola ham ishtirok etdi. "Yuventus" o'z yarim himoyachisi uchun 120 mln. evro, agent esa transfer mablag'ining bir qismini talab qilyapti. Shunday qilib, Polning MYUga o'tishi futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin. Ayni damda eng qimmat kelishuv "Real" va "Tottenxem" o'rtasida bo'lgan. "Shporlar" o'z futbolchisini "Qirollik klubi"ga 101 mln. evro evaziga pullagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia