MYU yozda "Borussiya" futbolchisini sotib olishi mumkin

Tolibjon Qosimov
29 noya 2018, 11:18
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Germaniyaning "Borussiya D" jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Kristian Pulishichni sotib olishi mumkin.

Bu haqda Germaniyaning "Bild" nashri xabar qildi.

20 yoshli amerikalikka "Liverpul" va "Chelsi" ham da'vogarlik qilmoqda. Lekin, Pulishich bolaligidan aynan MYUga muxlislik qilgan. Aynan shu jihat kelishuvni amalga oshirishda turtki bo'lishi mumkin. Hozircha, o'yinchining o'zi bu borada o'ylamoqda. Lekin, yozda hammasi o'zgarishi hech gap emas.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild