MYU yangi mavsum uchun murabbiy tayinlashda natijalarga qaraydi
06 mar 2022 15:55
Yangiliklar
MYU yangi mavsum uchun murabbiy tayinlashda natijalarga qaraydi
"The Athletic" xabariga ko'ra, klub ancha vaqtdan buyon PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan muzokaralar olib bormoqda. Ayni damda u "qizil iblislar" bosh murabbiyligi uchun asosiy davogar hisoblanmoqda. Argentinalikning PSJ bilan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar davom etishini inobatga olsak, MYU uni klubga olib kelish uchun ko'p millionli tovon pulini to'lash kerak bo'ladi.
"Ayaks"ni boshqarayotgan Erik ten Xag bilan muzokaralar esa jamoaning ECHL 1/8 finalida "Benfika" to'sig'idan o'tishiga qarab tashkillashtiriladi. Agarda "Ayaks" ECHLda "Benfika"dan o'ta olmasa, muzokaralar o'tkazilmasligi mumkin.
Yana bir tomoni shundaki, mavsumning qolgan qismida MYUning natijalari yaxshilanadigan bo'lsa, klub yangi mavsumda Ralf Rangnikka imkon bermoqchi. Agarda kutilgandek bo'lmasa, Rangnik shartnomaga ko'ra klubda boshqa lavozimda ish boshlaydi.
Fikrlar