MYU vice-prezidenti - APLda eng ko'p maosh olayotgan boshqaruvchi
11 jan 2020 01:40
Yangiliklar


MYU vice-prezidenti - APLda eng ko'p maosh olayotgan boshqaruvchi
“Manchester Yunayted” vice-prezidenti Ed Vudvord joriy mavsumda 3,16 million funt sterling mablag' ishlab topdi.
48 yoshli britaniyalik Angliya premer ligasida klub boshqaruvchilari orasida eng ko'p maosh oladigan menejer sifatida etirof etilmoqda. Qiziq tomoni bir yil ilgari Vudvord klubdan hozirgisiga qaraganda 1 million funt sterling ko'proq mablag' ishlab topgandi, deya xabar bermoqda The Times nashri.
O'tgan davr mobaynida “Yunayted” xo'jayinlari jamoaning 12 nafar direktoriga, ular orasida ser Aleks Fergyussonni ham qo'shib hisoblaganda 6,8 million funt sterling (7,98 million evro) to'lab berishgan.
Eng yuqori maosh oladigan boshqaruvchilar ro'yxatida ikkinchi o'rinni Londonning “Tottenhem” klubi prezidenti Deniel Levi band etgan. Unga klub tomonida 3 million funt-sterling (3,52 million evro) to'langan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar