MYU va “Real “Ayaks” futbolchisi uchun kurashadi
15 apr 2020 08:35
Yangiliklar
MYU yozgi transferlar vaqtida Amsterdam klubidan 22 yoshli Donni van de Bek transferini amalga oshirishga harakat qiladi. Klub rahbariyati bu borada bir qarorga kelgan. Mankunianlar bu yo'lda “Real” hamda “Tottenxem” bilan kurashishiga to'g'ri keladi. Avvalroq futbolchining o'zi “Real” bilan hech qanday kelishuv yo'qligi haqida aytgandi.
Joriy mavsum Donni Niderlandiya chempionati doirasida 23 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi.
Fikrlar