MYU "Uotford" vingerini xarid qilmoqchi. Klub o'z futbolchisi uchun 50 mln so'rayapti
05 okt 2020 21:46
Yangiliklar
MYU "Uotford" vingerini xarid qilmoqchi. Klub o'z futbolchisi uchun 50 mln so'rayapti
"Manchester Yunayted" transfer oynasi yakuniga qadar bitta hujumkor yarim himoyachi sotib olishni maqsad qilgan.
Sky Sports xabarida takidlanishicha, "qizil iblislar" "Uotford" vingeri Ismaila Sarr borasida so'rov yuborishgan. "Uotford" rahbariyati 22 yoshli futbolchining sotuvidan 50 mln funt ishlab olmoqchi yoki keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga beradi.

APL klublari chempionship, Liga 1 va Liga 2 jamoalaridan 16 oktyabrga qadar futbollchi xarid qilishlari mumkin. Ammo evrokuboklar uchun yakuniy qaydnoma ertagacha to'ldirilishi kerak.
MAlumot uchun, APLning o'tgan mavsumida 28 uchrashuvda maydonga tushgan Sarr 5 gol, 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi. Xabaringiz bor, "Uotford" joriy mavsumni chempionshipda o'tkazyapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar