MYU tovon puli 100 million evroga teng futbolchiga qiziqmoqda
06 jan 2020 11:15
Yangiliklar


MYU tovon puli 100 million evroga teng futbolchiga qiziqmoqda
"Sporting" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh yana "Manchester Yunayted" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.
Inglizlar yozda Kristian Eriksen ("Tottenxem") va Jeyms Meddison ("Lester")lar bilan shartnoma imzolay olishmaganlaridan so'ng, yana portugaliyalik futbolchiga qiziqishmoqda.
Fernandesh noyarbrda "Sporting" bilan 2023 yilga qadar shartnoma tuzdi. Bitimga ko'ra, uning tovon puli 100 million evroni tashkil etadi.
Futbolchi joriy mavsum 29ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 10ta assistga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar