MYU Sulsher bilan shartnomani yana bir necha yilga uzaytirmoqchi
27 may 2021 21:25
Yangiliklar
MYU Sulsher bilan shartnomani yana bir necha yilga uzaytirmoqchi
Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, MYU jamoa ustozi Ole-Gunnar Sulsher bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. “Qizil iblislar” vice-prezidenti Ed Vudvord norvegiyalik mutaxassisga 3 yillik bitim taklif qiladi.
Klub yozda jamoani kuchaytirish uchun to'rttagacha transferni amalga oshirmoqchi. “Borussiya D” vingeri Jeydon Sancho esa asosiy maqsad hisoblanmoqda. SHuningdek, markaziy hujumchi, himoyachi va yosh markaziy himoyachini transfer qilish variantlari ko'rib chiqiladi.
MYU 2020/21 yilgi mavsum APLda 2-o'rinni egallab, Evropa Ligasida kumush medallarni qo'lga kiritdi.
Fikrlar