MYU Sulsher bilan shartnomani yana bir necha yilga uzaytirmoqchi

Eldor Akmurzayev
27 may 2021, 21:25
Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, MYU jamoa ustozi Ole-Gunnar Sulsher bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. “Qizil iblislar” vice-prezidenti Ed Vudvord norvegiyalik mutaxassisga 3 yillik bitim taklif qiladi.

Klub yozda jamoani kuchaytirish uchun to'rttagacha transferni amalga oshirmoqchi. “Borussiya D” vingeri Jeydon Sancho esa asosiy maqsad hisoblanmoqda. Shuningdek, markaziy hujumchi, himoyachi va yosh markaziy himoyachini transfer qilish variantlari ko'rib chiqiladi.

MYU 2020/21 yilgi mavsum APLda 2-o'rinni egallab, Yevropa Ligasida kumush medallarni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Telegraph