MYU sobiq futbolchisi: "Mourinoni Rojdestvogacha xaydab yuborishsa kerak"
20 avg 2018 21:30
Yangiliklar
MYU sobiq futbolchisi: "Mourinoni Rojdestvogacha xaydab yuborishsa kerak"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Li SHarpning fikricha, jamoani Joze Mourino boshqarar ekan, uning kelajagi bo'lmaydi.
"Bu mavsum MYUdan nima kutyapman? Murabbiyni Rojdestvogacha xaydab yuborishlarini. Agar u etiroz bildirishda davom etsa, odamlar murabbiy ketishini istab qolishadi.
Mourinodan negativ tarqaladi, u doimo tarkibdan noliydi. Mutaxassis bu ishdan zerikkan ko'rinadi. Yangi mavsumni kutayotgan futbolchi murabbiydan salbiy fikr eshitishi juda yomon.
Jozedan hujumkor futbolchilar etarlicha, shu sababli himoyaviy o'yinni tanlash - sharmandalik" - deydi SHarp.
Fikrlar