MYU Ronalduni sotadi-mi? Klub vaziyatga munosabat bildirdi
15 avg 2022 11:24
Yangiliklar
MYU Ronalduni sotadi-mi? Klub vaziyatga munosabat bildirdi
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati Krishtianu Ronalduning klubdan ketishi borasidagi vaziyatga munosabat bildirdi.
Avvalroq, mankunianlar agar Krishtianuning ishga, klubga, futbolchi va murabbiylar shtabi vakillariga bo'lgan munosabati o'zgarmasa, Portugaliya termasining 37 yoshli futbolchisi bilan shartnomani bekor qilish variantini ko'rib chiqmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavsumning ortda qolgan ikki o'yinida "Manchester Yunayted" mag'lubiyatga uchradi, Ronaldu esa birorta samarali harakatni amalga oshirmadi. Mavsum startidan avval futbolchi ECHLda o'ynash niyatidaligi va shu sabab klubdan ketmoqchiligi aytilgandi.
"Klubning Ronalduga nisbatan poziciyasi o'zgarmagan", – deyiladi "qizil iblislar" matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar