MYU rahbariyati havotirga tushmoqda

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2018, 12:17
Ingliz matbuotining ma'lum qilishicha, "Manchester Yunayted" rahbariyati joriy mavsum oxirida Joze Mourinyo ketishidan havotirda.

Portugaliyalik Manchestyerda va klub bazasida kam vaqt o'tkazmoqda va bu havotirga sabab bo'lyapti. Ma'lumotlarga ko'ra, Mourinyo ketish haqida o'ylab qolgan.

Bundan tashqari, 54 yoshli mutaxassis "Tottenxem" himoyachisi Denni Rouzni xarid qilish uchun 45 mln. evro ajratishdan bosh tortganidan xafa. Mourinyoning fikricha, klubning transfer siyosati "Manchester Siti" bilan raqobatlashishga imkon bermaydi.

Joze Mourinyoning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2019 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail