MYU niderlandiyalik xavbek uchun 40 million evro tayyorlab qo'ydi
08 iyu 2020 13:07
Yangiliklar


MYU niderlandiyalik xavbek uchun 40 million evro tayyorlab qo'ydi
"Manchester Yunayted" "Ayaks"ga xavbek Donni van de Bek borasida ilk taklif tayyorlashga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" xo'jayinlari 40 million evro bilan savdoni boshlashmoqchi.
"Ayaks" sport direktori Edvin Van Der Sar van de Bek uchun yaxshi takliflar bo'lgan taqdirda, uni ushlab turmasliklarini aytgandi.
Futbolchi joriy mavsum "Ayaks" libosida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 11ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar