MYU - "Milan". Inglizlar evrokubokda ketma-ket ikkinchi marta "Milan"ni mag'lub etishdi

Aziz Tukhtamuradov
19 mar 2021, 09:52
"Manchester Yunayted" Yevropa ligasi 1/8 finalida "Milan"ni musobaqadan chiqarib yubordi.

MYU ushbu qarama-qarshilikda ketma-ket ikkinchi g'alabani qo'lga kiritdi. 2010 yilda inglizlar YCHL 1/8 finalida 4:0 va 3:2 hisobida g'alabaga erishgandilar. 

Ungacha esa milanliklar to'rt marta "qizil iblislar"ni mag'lub etishgan: 1957/58 va 1968/69 Yevropa chempionlari kubogi, shuningdek 2004/05 va 2006/07 yillari YCHL doirasidagi o'yinlarda.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports