MYU Markos Lorenteni o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda
31 dek 2020 14:44
Yangiliklar


MYU Markos Lorenteni o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda
"Manchester Yunayted" tayanch zonasi uchun o'yinchi qidirmoqda.
"Qizil iblislar" etarli o'yin amaliyoti bo'lmayotgani sabab xavbek Nemanya Matichni sotmoqchi, shu sabab klubga yangi tayanch yarim himoyachisi kerak.
Manchesterliklar "Atletiko"da yorqin o'yinlar ko'rsatayotgan ispaniyalik xavbek Markos Lorentega etibor qaratishdi.
MYU Madrid klubiga xavbeklar almashinuvini taklif qilishga tayyor. "Qizil iblislar" 24 yoshli Lorente uchun Matichni beradi va qo'shimcha 30 million evro to'laydi.
Ammo, "Atletiko" Lorenteni sotmoqchi emas, bundan tashqari ispaniyalik ham "Atletiko"da baxtli.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar