Markos Lorente: "La Liga - dunyoning eng yaxshi ligasi. Buni evrokubokdagi ishtirok ham ko'rsatib turibdi"

Alisher
28 dek 2020, 10:15
"Atletiko" yarim himoyachisi Markos Lorente Ispaniya chempionati haqida gapirdi.

- Ispaniya ligasi hali ham dunyoda eng kuchlimi?

- Men uchun, ha. Ko'plab fikrlar bor, har kimning o'z fikri bor. Bu dunyoning eng yaxshi ligasi. Nazarimda Ispaniya chempionati juda raqobatbardosh, har bir jamoa raqibga xavf tug'dirishga qodir. Yevropada ham biz har yili buni ko'rsatib kelamiz.

- 4 ispan jamoasi guruh bosqichidan o'tdi [Chempionlar Ligasida], bu ispan futbolining kuchidan dalolat beradi.

- Ha, men doim aytaman, ispan jamoalari Yevropada o'ynaganda, ular muhim rolda bo'lishadi. Ispan jamoalari Yevropada kuchli ekanliklarini namoyish etishmoqda. Bu esa La Liganing dunyoning eng yaxshi ligasi ekanligidan dalolat beradi, - deydi Lorente.


Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi tarixidagi eng ko'p g'olib chiqqan klub "Real" (13)dir, Yevropa Ligasida esa yana bir ispan klubi - "Sevilya" (6) tengsiz.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As