MYU Maguayrning ketidan yana bir transferni elon qilishi kutilmoqda
02 avg 2019 21:59
Yangiliklar


MYU Maguayrning ketidan yana bir transferni elon qilishi kutilmoqda
Italiyalik jurnalistlar Fabricio Romano hamda Janluka Di Marcio "Manchester Yunayted" "Yuventus" futbolchisi Mario Manjukich bilan kelishuvga erishgani borasida malumotlar taqdim qilishmoqda.
Yaqin vaqtlarda Xarri Maguayrning transferini elon qilishi kutilayotgan "Manchester Yunayted" dushanba kuni Mario bilan shartnoma imzolanganini malum qilishi mumkin.
Xorvatiyalik futbolchi dushanba kuni Karringtonga tashrif buyurib, "qizil iblislar" uchun ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
Mario Manjukich "Yuventus"ga 2015 yilda Madridning "Atletiko" klubidan kelib qo'shilgan.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 7ta assistga erishgan.
Hujumchi o'tgan yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar