MYU "Leypcig"ning eng samarador futbolchisini tarkibiga qo'shib olmoqchi
11 apr 2022 23:17
Yangiliklar
MYU "Leypcig"ning eng samarador futbolchisini tarkibiga qo'shib olmoqchi
"Manchester Yunayted" "Leypcig" futbolchisi Kristofer Nkunkuning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Sky Sport Deutschland" nashrining yozishicha, ingliz klubi 24 yoshli futbolchi bilan yozda shartnoma imzolamoqchi. Klubdagilar yozda Ralf Rangnikni maslahatchi sifatida ishda olib qolinishini inobatga olib, u bilan transferlar borasidagi ishlarni maslahatlashmoqda.
Ushbu mavsumda forvard barcha turnirlarda 42 o'yinda qatnashib, 28 gol va 15 assist qayd etdi. U jamoaning eng yaxshi to'purari va eng ko'p assist qayd etgan futbolchisi bo'lib turibdi.
Fikrlar