MYU "Lester"ga qarshi o'yin uchun samolyotda uchdi: masofa - 170 km, yo'l vaqti - 10 minut. Klub ekologiyaga zarar etkazishga moyillikda ayblanmoqda
17 okt 2021 14:00
Yangiliklar
MYU "Lester"ga qarshi o'yin uchun samolyotda uchdi: masofa - 170 km, yo'l vaqti - 10 minut. Klub ekologiyaga zarar etkazishga moyillikda ayblanmoqda
"Manchester Yunayted" futbolchilari APL 8-tur doirasidagi "Lester" (2:4)ga qarshi o'yin uchun samolyotda yo'l olishdi.
Manchester va Lester o'rtasidagi trassa masofasi 170 kilometr atrofida. Jamoa yo'lda o'tkazgan vaqti taxminan 10 daqiqani tashkil etdi.
MYU bunday qaror uchun tanqid qilinmoqda, sababi samolyotlar katta miqdorda chiqindi chiqaradi. Klub esa bu MYUga bog'liq bo'lmagan holda qabul qilinganini takidladi. M6 trassasida tirbandlik bo'lishi kutilgan.
Qayd qilinishicha, "Yunayted" aks holda poezd yoki avtobus orqali borgan bo'lardi.
Fikrlar