MYU Kulibalidan voz kechmoqchi emas. Klub futbolchi uchun 95 million evro taklif qildi
08 iyu 2019 11:34
Yangiliklar
MYU Kulibalidan voz kechmoqchi emas. Klub futbolchi uchun 95 million evro taklif qildi
"Manchester Yunayted" markaziy himoyada senegallik futbolchini ko'rmoqda.
"Qizil iblislar" "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali uchun 95 million evro to'lashga tayyorlar. Italiyaliklar esa manchesterliklardan futbolchini 100 million evrodan kamiga sotmasliklarini bildirishmoqda. Kulibalining shartnomasida tovon puli 150 million evro deb ko'rsatilgan. Bitimning bu bandi "Napoli" uchun 2020 yil yozigacha ishlaydi. 27 yoshli senegallik futbolining klub bilan tuzgan shartnomasi esa 2023 yil 30 iyunda tugashi ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq MYU Kulibalini dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylantirishi mumkinligi to'g'risidagi xabarlar yangragandi.
Fikrlar