MYU Kazemiro bilan 76% o'yinlarda g'alaba qozondi, u yo'qligida - 43%
13 mar 2023 23:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/743526_original.jpg)
![](/upload/storage/743526_220.jpg)
MYU Kazemiro bilan 76% o'yinlarda g'alaba qozondi, u yo'qligida - 43%
"Manchester Yunayted" Kazemiro tushmagan bahslarning 43%da g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, xavbek "Sautgempton"ga qarshi bahsda Karlos Alkarasga qarshi qo'pol o'ynagani uchun o'yindan chetlatildi. Endi u 4ta bahsni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi.
Kazemiro joriy mavsum MYUning barcha turnirlardagi 37ta o'yinida ishtirok etdi. Klub u bilan 76% bahslarda g'alabaga erishdi, o'rtacha har bir o'yinda 1,9tadan gol urib, 0,9ta gol qo'yib yubordi. "Yunayted" 7ta uchrashuvni braziliyaliksiz o'tkazdi va ularning bor-yo'g'i 3tasida (43%) g'alabaga erishdi. Erik ten Xag jamoasi bu bahslarda o'rtacha 1,7tadan gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar